Yangi byuro direktori: To‘lov intizomining yomonlashuviga sohada faoliyat yuritgan mas'ul shaxslar “hissa” qo‘shgan

Foto: Xalqaro press-klub
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan sohadagi ishlar tubdan takomillashmoqda. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.
Bugun aholining keng qatlamida mazkur tashkilot faoliyatiga qiziqishni inobatga olib, O‘zA muxbiri Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jayev bilan suhbatlashdi.
“To‘lov intizomining yomonlashuviga, iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi va gazdan oqilona foydalanmaslik uchun sharoitlar yaratishga sohada faoliyat yuritgan mas'ul shaxslar “hissa” qo‘shgan. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida ko‘p sonli nazoratchi shtat birliklari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ular vazifalarini lozim darajada bajarmagan. Aksincha, ular tomonidan pul mablag‘larini talon-taroj qilish, hisobga olish uskunalarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish holatlariga ommaviy tarzda yo‘l qo‘yilgan. 2016 yil va joriy yilning 1 choragida mingdan ziyod xodim sudlangan, yetkazilgan zarar miqdori – 43,3 milliard so‘mni tashkil etgan”, - deydi Qudratxo‘jayev.
Bildirishicha, mansabdor shaxslarning mas'uliyatsizligi, energiya resurslari iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish muddatlarining kechiktirib yuborilganligi yetkazib berilgan va iste'mol qilingan energiya hajmlari hisobi yuritilishining haqqoniyligini ta'minlashga hamda hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatgan.
“Pul mablag‘larini elektr va gaz ta'minoti bo‘yicha eskirgan infratuzilmani modernizatsiya qilishga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘lgan bir vaqtda asossiz ravishda nazoratchi shtat birliklari saqlangan. Nazoratchilarning oylik ish haqlari uchun yiliga 161,8 milliard so‘m sarflangan”, - dedi Majburiy ijro byurosi direktori.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:21
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
Mavzuga oid

21:23 / 25.02.2025
Favqulodda vaziyatlar vaziriga general-mayor harbiy unvoni berildi

19:54 / 25.02.2025
O‘zbekiston FVVga yangi rahbar tayinlandi

00:17 / 02.11.2022
Xorazm viloyati prokurori Bosh prokuraturaga ishga o‘tmoqda

11:34 / 12.10.2020