O‘zbekiston | 18:59 / 12.12.2025
2772
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 13–16 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari, jumladan, Chotqol tizmasi tog‘larida qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

O‘zgidromet 13–16 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ogohlantirish:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani uchun amal qiladi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

 

Mavzuga oid