O‘zbekiston | 11:10
1383
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba-yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham kuzatiladi. Harorat biroz pasayib, kunduzi +20…+25 darajani tashkil qiladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Harorat foni biroz pasayadi. Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda va cho‘l zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kunduzgi havo harorati +20…+25 darajani tashkil etadi. Harorat kechalari +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida juma va shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +27…+29 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol 10–12 metr/soniya tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi +21…+23 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +13…+15 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid