Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikadagi eng qadimgi baobablar ommaviy ravishda nobud bo‘layotgani ma'lum qilindi
Foto: Patrut et al. / Nature Plants 2018
Afrikada o‘suvchi 13 ta eng qadimgi baobabdan 9 tasi sirli ravishda nobud bo‘lgan va yana ko‘plab boshqa uzoq yashovchi daraxtlar ham yomon ahvolda. Buning sababi hozircha noaniq, deb ma'lum qilganlar ekologlar Nature Plants nashrida chop etilgan maqolada.
“Taxminimizcha, bu “epidemiya” baobablar qurg‘oqchilikka biz avval hisoblaganimizdek bardoshli emasligi bilan bog‘liq. Boshqa tomondan, bu muammoga nafaqat baobablar, balki barcha daraxtlar uchragan”, deb aytgan Yoxannesburgdagi Vitvatersrand universiteti xodimi Sara Venter.
Ekologlarning fikricha, baobablarning nobud bo‘lishiga ularning uzoq davom etuvchi qurg‘oqchilikka bardosh bera olmagani sabab hisoblanadi. Olimlar daraxtlar ortidan 12 yillik kuzatuvdan keyin yoshi 1300-2000 yilga baholanuvchi baobablar qismlarga bo‘laklanib ketganini qayd qilishgan.
Baobablar sayyoramizdagi eng uzoq yashovchi daraxtlardan hisoblanadi. Guvohlarning aytishicha, savannalar gigantlari ularning yumshoq va suvga boy o‘zagini yeydigan fillar “hujumi”dan, chaqmoq urish, qurg‘oqchilik va tabiiy ofatlardan keyin ham yashashda davom etadi.
Baobabda boshqa daraxtlardan farqli, yil halqalari bo‘lmaydi, shu sababli ularning yoshini radiouglerod tahlildan boshqa yo‘l bilan aniqlab bo‘lmaydi. Olimlarning baholashicha, diametri 5 metrga yetuvchi eng yo‘g‘on va katta baobablar 2 ming yilga yaqin umr ko‘rgan bo‘ladi.
Yuqoridagi baobablardan ko‘pi mahalliy aholi uchun muqaddas hisoblangan va shu sababli, odamlar baobablarni yo‘q qilgani va biror yo‘l bilan salbiy ta'sir ko‘rsatgani ehtimoli kam.
Mavzuga oid
07:22 / 16.01.2026
Xaritada bir xil, real farqi ulkan: Afrika vs Grenlandiya
07:16 / 09.01.2026
Infografika: Afrikaning haqiqiy ko‘lami
07:30 / 22.12.2025
YUNISEF: Afrikada 2,76 mln bola 5 yoshga yetmasdan vafot etgan
10:56 / 01.12.2025