Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"PR-matnlar, o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin" kitobi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
Kitob nafaqat PR sohasidagi tajribali mutaxassislar, balki bu yo‘nalishda faoliyatini endigina boshlagan matbuot kotiblari, jurnalistika fakulteti talabalari va har bir rahbar uchun asqotishi mumkin.
Foto: Uchtepa tumani hokimligi
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi "BIG DATA biznes markazi"da tuman hokimining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi To‘rabek To‘rayev tomonidan Timur Aslanovning «PR teksty, kak zatsepit chitatelya» kitobining o‘zbek tiliga o‘girilgan "PR-matnlar, o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Timur Aslanov Rossiyaning «Imidj-Media» nashriyot uyi asoschisi, "Press-slujba" jurnalining bosh muharriri bo‘lib, 20 yildan buyon jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida izlanishlar olib boradi.
Taqdimot marosimida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Xalq deputatlari Toshkent shahar deputati Muxtor Ilhomovlar qo‘llanma borasida iliq fikrlar bildirishdi.
Tadbirda shuningdek, matbuot kotiblari, OAV xodimlari, jurnalistlar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari ham ishtirok etishib, kitob borasida o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Kitob yengil va sodda tilda yozilgan bo‘lib, u nafaqat PR sohasidagi tajribali mutaxassislar, balki bu yo‘nalishda faoliyatini endigina boshlagan matbuot kotiblari, jurnalistika fakulteti talabalari va har bir rahbar uchun asqotishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.11.2025
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
11:53 / 22.10.2025
O‘zbek yoshlari uchun katta sovg‘a: “Ming kitob” loyihasi dastlabki 27 ta kitobni taqdim etdi
20:42 / 18.10.2025
Inson emas, insoniylik o‘lganda haqiqiy jinoyat sodir bo‘ladi
14:47 / 16.10.2025