Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universal Mobile Systems modernizatsiyasiga 127,5 mln dollar beriladi
Xitoy Eksport-import banki ishtirokida Universal Mobile Systems MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Foto: Dreamstime
2019 yilda 2019 – 2021 yillarda Universal Mobile Systems MChJni (Mobiuz mobil aloqa operatorini) rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlangan. O‘sha yili operator hamda Nuawei Technologies Co. Ltd. kompaniyasi o‘rtasida respublika hududini Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni ta'minlash maqsadida operatorning texnologik asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolangan. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki ishtirokida amalga oshiriladi.
Norma’ning yozishicha, operatorga Huawei Technologies So. Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologik asbob-uskunalarni sotib olish uchun shartnomalarni bosqichma-bosqich tuzishga ruxsat beriladi. Bunda loyiha doirasida tuziladigan import shartnomalari qiymatining 85 foizi Eksimbank krediti hisobiga, 15 foizi esa operatorning o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 0,5 foiz miqdoridagi marjasini o‘z ichiga olgan 127,5 mln dollar miqdoridagi krediti 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 3,5 foiz stavka bilan beriladi. TIF MB 2 oy muddatda Eksimbank bilan qarz kelishuvini imzolaydi. Loyihaning umumiy qiymati ekv. 238 572,28 dollarni tashkil etadi.
Operator – qarz oluvchi loyihani amalga oshirish, shuningdek kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgar hisoblanadi. U kreditni, foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni, vositachilik haqini va ular bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobiga to‘laydi. Moliya vazirligiga TIF MBning Eksimbank oldidagi jalb qilingan kredit bo‘yicha majburiyatlari, shuningdek operatorning TIF MB oldidagi majburiyatlari bo‘yicha kafolat berish vakolati berildi.
Yil yakuniga qadar mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib kiriladigan telekommunikatsiya qurilmalarini bojxona to‘lovlaridan ozod etish yuzasidan taklif kiritiladi.
Hujjat 4.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026