Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
220 ta maktabda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlari katta ekranda namoyish etiladi
Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumta’lim maktablarida «Muxlislar maydoni» loyihasi tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, buning uchun 220 ta tuman va shaharda umumta’lim maktabi tanlab olingan va ro‘yxat bilan bu yerda (.pdf) tanishish mumkin.
«Futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur maktablarda barcha o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlar katta ekran orqali jahon chempionati o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishi mumkin», deyiladi xabarda.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichida Kolumbiya (18 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 7:00), Portugaliya (23 iyun, 22:00) va Kongo DR (28 iyun, 4:30) bilan o‘ynaydi.
Mavzuga oid
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
14:36 / 02.06.2026
O‘zbekiston milliy jamoasining JCh uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi
14:18 / 02.06.2026
«Birinchi bo‘limda ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim» – Kannavaro
08:20 / 02.06.2026