Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “ochiq banking” tizimi joriy etiladi
Bu tizim – bank va fintex sohasidagi innovatsiyalarni ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining roziligi asosida ularning moliyaviy axborotlari standart shakldagi API'lar vositasida uchinchi shaxslarga uzatilishini nazarda tutadi. Bu orqali fintex bozorida raqobat kuchayib, yangi mahsulotlar, masalan shaxsiy budjetni boshqarish imkonini beruvchi ilovalar paydo bo‘lishiga yo‘l ochiladi.
O‘zbekistonda banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan “ochiq banking” tizimi joriy etiladi.
Bu – 27 noyabr kuni imzolangan “Moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, “ochiq banking” tizimi 2026 yil 1 sentabrgacha ishga tushishi kerak.
Ma’lumot uchun, “ochiq banking” (open banking) – moliyaviy xizmatlar iste’molchisining roziligi asosida uning moliyaviy ma’lumotlari (hisobvaraqlari, ulardagi mablag‘lar va tranzaksiyalar tarixi kabilar) uchinchi tomonlarga standart shakldagi API'lar vositasida uzatilishi mumkin bo‘lgan tizimdir.
Bu tizim fintex sohasida raqobatni kuchaytirish, tanlov imkoniyatini kengaytirish va innovatsion mahsulotlarni ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, iste’molchilarga shaxsiy budjetni boshqarish va qayd etib borish kabi qator afzalliklarni beradi.
Mavzuga oid
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
11:11 / 29.01.2026
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasining narxi 10,8 million so‘mdan oshdi
21:51 / 28.01.2026