O‘zbekiston | 16:32 / 24.11.2022
22934
8 daqiqa o‘qiladi

Mahallabay ishlash agentligi bitta axborot tizimi uchun 8,4 mlrd so‘m pul sarflayapti. Shartnoma tendersiz tuzilgan

Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi agentlik “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratish uchun 8,4 mlrd so‘m (taqriban 755 ming dollar) sarflayapti. Buning uchun istisno tariqasida tender o‘tkazmasdan shartnoma tuzilgan. Dasturchilar bunday axborot tizimini yaratishga bundan bir necha barobar kam pul ketishini aytmoqda.

online-mahalla.uz saytidan skrinshot

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratish uchun 8,4 mlrd so‘m ajratgan. Bu boradagi hujjat Davlat xaridlari portaliga joylangan.

Unga ko‘ra, 2022 yil 18 mayda agentlik va “Realsoft” MChJ o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgan.

Shartnomada “Onlayn mahalla" elektron platformasini qisqa muddatlarda ishga tushirish maqsadida platformani ishlab chiqish hamda servis xizmati bo‘yicha ushbu sohada yetarli tajriba va malakaga ega yirik IT-kompaniyalaridan biri bo‘lgan "Realsoft" MChJ bilan, istisno tariqasida, tender (tanlov) o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgan”i keltirilgan.

 

1 kishining 6 soatlik ish haqi – 576 ming so‘m

Shartnomada kompaniya platform ani 30 kun ichid a tayyor qilib topshirishi belgilangan. Xizmat narxi 8,4 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan.    

Oradan 12 kun o‘ti b, 30 mayda qo‘shimch a kelishuv tuzilgan va loyiha spetsifikatsiyasi aniqroq yozilgan: platformani ishlab chiqishdan tashqari, unga kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish vazifasi ham qo‘shilgan va buning ustida 45 kishi 325 ish kuni davomida 6 soatdan ish lashi, soatiga 96 ming so‘ mdan haq olishi bel gilangan – b u  hisob-kitob arifmetikasidan umumiy 8,4 mlrd so‘m kelib chiqadi.

     

Shunisi e’tiborliki, shartnomada shundoq ham kompaniya yaratgan dasturiy mahsulotining 5 yil davomida texnik  topshiriqnomada yozilganidek ishlashini ka folatlashi yozilgan, p latforma 1 oy ichida tayyor qilib topshirilishi haqidagi ban d ham o‘zgarmasd an qo lgan. Ya’ni, 1 oy ichida tayyor bo‘ladigan va muammosiz ishlashi kafolatlangan mahsulotga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 325 kun davomida 45 kishining har biriga kuniga 576 ming so‘mdan (!) to‘lanishi savollarni keltirib chiqaradi. Xususan, 1 oyda ishlab chiqiladigan tizim uchun 8,4 mlrd so‘m sarflanishi shubg‘a tug‘dirishini o‘ylab, muddat 325 kunga uzaytirilgan va “texnik xizmat ko‘rs atish” bandi qo‘shilgani ehtimoli o‘rtaga chiqadi.

    

Shartnoma “qonuniy” va “korrupsiyadan xoli”

Agentlik bosh yuriskonsulti A.Yoqubboyev bu “shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq holda tuzilgan” deb xulosa bergan.

Shartnomaga 1-sonli qo‘shimcha kelishuvni esa Yuridik byuro boshlig‘i B.Nurmuhammedov imzolagan: u shartnomani huquqiy ekspertizadan o‘tkazib, 30 may sanasi bilan “ekspertiza jarayonida loyihada korrupsiyaviy holatlarni vujudga keltiruvchi [...] normalar mavjudligi aniqlanmadi”, “qonunchilik hujjatlariga [...] muvofiq” deb xulosa yozib bergan.

Lekin shartnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi savol ostida. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan, budjet buyurtmachilari BHMning 6 ming baravari – 1,8 mlrd so‘mdan oshiq qiymatdagi davlat xaridlarini tender orqali amalga oshirishi kerak.

Davlat reyestriga ko‘ra, “Realsoft” MChJning asosiy egasi – Nasrullayev Hikmatullo Habibulloyevich. U kompaniyaning 80 foiz ulushiga egalik qiladi. 20 foiz ulush esa Jafarova Nilufar Bahodirovnaga qarashli. Korxona 2015 yilda tashkil qilingan va kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadi. Ustav fondi – 10 mln so‘m.

Hikmatullo Nasrullayev kompyuter dasturlashtirish sohasidagi boshqa kompaniyalar – “Smart Marketplace” va “Wisesoft IT group”da ham ulushlarga ega.

“30 kunlik ish uchun AQShda ham buncha pul sarflanmaydi”

Loyiha qiymati haqidagi xabarlar internetda tarqalgach, o‘zbekistonlik dasturchilar davlat oddiy platformaga 8,4 mlrd so‘m ajratayotganidan hayronligini yashirmadi.

“Ko‘ngillilar bo‘lsa, ushbu platformani 1 hafta ichida yozib tugatamiz. Bepulga. 30 kunlik ish uchun USA (AQSh)da ham 8 milliard 400 million so‘m sarflanmaydi ($755,970). Yoki davlat tenderlari uchun platforma yasab beramiz!” – deb yozdi bir dasturchi.

“Narx shishirilgan bo‘lishi mumkin”

Kun.uz suhbatlashgan IT sohasi vakiliga ko‘ra, bu loyihaning o‘rtacha bozor narxini aniqlash uchun texnik topshiriqni ko‘rish kerak, lekin uni ko‘rmay turib ham loyiha narxi shishirilgan deb hisoblash mumkin.

“Birinchidan, bu shunchaki oddiy sayt emas, axborot tizimi (shartnomasida onlayn platforma deb ko‘rsatilgan).

Ikkinchidan, istalgan platforma yoki axborot tizimini qurishda texnik topshiriq nomli hujjat bo‘ladi. Bu hujjatda yaratiladigan tizim qanaqa funksionallardan iborat, qanaqa axborotlar almashinadi yoki qayta ishlanadi, qanday foydalanuvchi va rollar bor, tizim dasturiy va texnik tomoniga qo‘yiladigan talablar, ishlab chiqish hamda qo‘llab-quvvatlash muddatlari ko‘rsatiladi. Shu texnik topshiriq asosida narx shakllantiriladi. Hozir texnik topshiriqni ko‘rmay, biror nima deyish qiyin.

Texnik topshiriq ko‘rsatilmagan, ekspertiza asosida dastlabki narx 870 mln so‘mga kamaytirilgan, demak, asl narxi bundan ham yuqori bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa-da, fikrimcha, tizim narxi juda ham shishirilgan. Shartnomaga 1-sonli qo‘shimcha kelishuvda 45 kishi 6 soatdan 325 kun ishlaydi va bir kishiga soatiga 96 ming so‘m to‘lanadi deb, buyurtmaning umumiy qiymatini 8,4 mlrd qilib ko‘rsatishgan. Bu baholashni men juda ham xato va tizimni ishlab chiqish detallarini yashirish deb hisoblayman.

Qanday mutaxassislar ishlaydi, soni va ularning soatbay ish haqi qancha, qanday funksionallar quriladi va ularga qancha vaqt sarflanadi – shulardan kelib chiqiladi. To‘g‘ri, bu narsalarni firma ochiqlash majburiyatiga ega emas, lekin texnik topshiriq ochiqlanishi kerak. Va shundan keyin yakuniy biror nima deyish mumkin”, – dedi dasturchi.

“Onlayn mahalla” axborot tizimi respublikaning barcha mahallalarida hokim yordamchilari ish boshlagani munosabati bilan ishlab chiqilgan. Portal orqali odamlar turli subsidiyalar olish, ishga joylashish, monomarkazda o‘qish uchun arizalar berishi yoki murojaatlar yuborishi mumkin. Hokim yordamchilari kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqishda arizachilarning ishsiz ekani, kam ta’minlangan a’zosi ekani, u so‘rayotgan subsidiyadan avval ham foydalangani yoki yo‘qligi kabilarni onlayn tekshira oladi.

Kun.uz nega loyihani amalga oshirish uchun tender o‘tkazilmagani, bitta axborot tizimiga nima sababdan 8,4 mlrd so‘m sarflangani borasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash agentligiga savollar bilan murojaat qildi. Agentlik matbuot xizmati bu borada munosabat tayyorlanayotganini aytdi.

Mavzuga oid