Jahon | 09:22 / 28.09.2016
3338
1 daqiqa o‘qiladi

Obama 55 yil ichida birinchi AQShning Kubadagi elchisi nomzodini taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yil ichida birinchi AQShning Kubadagi elchisini nomzodini taklif qildi. Oq uy ma'lumotlariga ko‘ra, bu nomzod Jyeffri Delorentis bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ayni vaqtda Delorentis AQShning Kubadagi ishlari bo‘yicha vaqtinchalik ishonchli vakili lavozimini egallab kelmoqda. Prezident ko‘rsatgan nomzod AQSh senati ma'qullovidan o‘tishi kerak.

Avvalroq Obama Kubaga qarshi savdo embargosini bir yilga uzaytirgandi. Uning aytishicha, bu qaror "AQSh milliy manfaatlariga mos keladi".

Mavzuga oid