Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi jahon chempionatida 10ta medalni qo‘lga kirib, uchinchi o‘rinni egallashdi
10-23 aprel kunlari Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi.
Foto: Twitter/AIBA.Boxing
Turnirda o‘zbekistonlik sportchilardan 4 nafari final bahslarida ishtirok etdi.
23 aprel kuni erkaklar o‘rtasidagi final bahslarida dastlab -52 kg vazn toifasida Shahzod Muzaffarov rossiyalik Yevgeniy Rojovga qarshi jang o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shundan so‘ng, +91 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov ham armanistonlik Ovanes Papazyanga qarshi final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazib, terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
Bundan oldinroq qizlar o‘rtasidagi final bahslarida -54 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nigina O‘ktamova jahon chempionligini qo‘lga kiritgani, u o‘zbekistonlik ayol bokschilar o‘rtasida ilk jahon chempioni bo‘lgani xabar qilingandi.
Jahon birinchiligiga O‘zbekiston jamoasi 18 bokschi bilan borgandi (10 o‘g‘il va 8 qiz), turnir yakunlariga ko‘ra 3 oltin, 1 kumush va 7 bronza medal qo‘lga kiritildi. Barcha sovrindorlar:
- Shahzod Muzaffarov (-52 kg), Jahongir Zokirov (+91 kg) va Nigina O‘ktamova (-54 kg) — «oltin»;
- Mohinabonu Abdullayeva (-64 kg) — «kumush»;
- A'loxon Abdullayev (-69 kg), Shohjahon Abdullayev (-81 kg), Sitora Turdibekova (-57 kg), Dilfuza Bekova (-60 kg), Hadichabonu Abdullayeva (-69 kg) va Sohiba Ro‘zmetova (-75 kg) — «bronza».
O‘zbekiston jami medallar jamg‘armasi bo‘yicha Hindiston va Rossiyadan keyin uchinchi bo‘ldi.

Mavzuga oid
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025