Polşaning Kelse şahrida boks böyiça yoşlar örtasida jahon çempionatining qizlar orasidagi final janglarida Özbekistondan ikki vakil iştirok etdi.

-54 kg vazn toifasida janglarda iştirok etuvçi samarqandlik Nigina Öktamova ukrainalik Kristina Lakiçukka qarşi ringga çiqdi va 4:1 hisobida ğalaba qozondi. 

Nigina Öktamova özbek boksçi qizlari orasida jahon çempionligini qölga kiritgan ilk sportçiga aylandi. Bungaça Özbekiston yoşlar terma jamoasi qizlari xeç qaçon JÇ finaliga qadar yetib kela olişmagandi.

Bu turnirda finalga çiqqan yana bir özbekistonlik sportçi Mohinabonu Abdullayeva (-64 kg) esa kumuş medal bilan kifoyalandi. U rossiyalik Azaliya Aminevaga qarşi bellaşuvda mağlub böldi.

Şu tariqa, özbekistonlik boksçi qizlar yoşlar örtasidagi jahon çempionatini 1ta oltin, 1ta kumuş va 4ta bronza medali bilan yakunlaşdi.