Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi
Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq so‘zlamoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatda tadbirkorlik va biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator aniq choralar ishlab chiqilgan.
Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
Yaqinda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko‘chmas mulk obektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi.
Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.
Mavzuga oid
07:34 / 30.01.2026
Ilmga investitsiya: eng tez o‘sgan mamlakatlar ro‘yxati
12:07 / 27.01.2026
2025 yilda xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd dollarga yetdi
11:33 / 27.01.2026
O‘zbekiston diplomatlariga eksport va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalar yuklandi
15:49 / 23.01.2026