Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun beriladigan yer qa'ri uchastkalari ro‘yxati tasdiqlandi
Foto: Yevgeniy Yepanchinsev / TASS
Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun 2019 yilda foydalanishga beriladigan yer qa'ri uchastkalarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 26 noyabrdagi PQ-4030-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun 2019 yilda foydalanishga beriladigan yer qa'ri uchastkalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar belgilangan tartibda berilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda yer qa'ridan foydalanuvchilarning tegishli yer qa'ri uchastkalaridan maqsadli va belgilangan me'yorlar asosida foydalanishini ta'minlaydi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun 2019 yilda foydalanishga beriladigan yer qa'ri uchastkalarining ro‘yxati
Mavzuga oid
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:45 / 25.11.2025
Dunyoda eng unumdor yerlar qayerda? Yangi xarita e’lon qilindi
14:55 / 05.11.2025
Qibray: 54 ming dollarlik “yer bitimi” tezkor tadbirda to‘xtatildi
14:15 / 24.09.2025