O‘zbekiston | 13:20 / 16.04.2024
7022
1 daqiqa o‘qiladi

Qizilqum qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi 

So‘nggi yarim asrda keskin qisqargan ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i daryosidagina qayd etilgan.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Qizilqum davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi

O‘rta Osiyo qunduzi yo‘q bo‘lib ketayotgan, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon turi hisoblanadi. Tog‘ va tekislikdagi daryolar, ko‘llarda hayot kechiradi. 

Baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi. O‘tgan asrning o‘rtalarigacha Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgan. So‘nggi yarim asrda keskin qisqargan ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i daryosidagina qayd etilgan.

Mavzuga oid