Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qator hududlarda issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar buning uchun yetarli energiya ishlab chiqarish, gaz omborlarida jamg‘arish va muvozanatli yetkazib berish choralari ko‘rilayotgani to‘g‘risida axborot berdi.

Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat bo‘ladi.
Shuningdek, bu yil Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi. Bular, avvalo, xalqimiz ehtiyoji va o‘sib borayotgan iqtisodiyot uchun qo‘shimcha quvvat bo‘ladi.

Ayni paytda tegishli tarmoq va podstansiyalarni ta’mirlash ishlari ham boshlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.
Mavzuga oid
14:43 / 28.12.2025
Suv tanqisligi tufayli O‘zbekiston GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
13:49 / 09.09.2025
Prezident: “O‘qituvchilar maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim haqiqatga aylandi”
21:33 / 22.08.2025