Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv tanqisligi tufayli O‘zbekiston GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi
O‘zbekistondagi gidroelektr stansiyalarida suv tanqisligi tufayli elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga ko‘ra bunga suv oqimining o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga qisqargani sabab bo‘lgan.
O‘zbekistondagi gidroelektr stansiyalarida suv tanqisligi tufayli elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi chiqishida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Deputat Saydullo Azimov gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning kamayib borayotganiga urg‘u berib, bunga nima sabab bo‘lgani bilan qiziqdi.
«Suv kelishi 35 foizga kamaydi. Yirik gidroelektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘tgan yilga nisbatan kamayishiga asosiy sabab shu. Quvvati 1-5 MVt gacha bo‘lgan kichik va mikro GESlarni ishga tushirish orqali 140 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, ammo bu juda oz miqdor. Biz, albatta, gidroenergetikani rivojlantirishni davom ettiramiz, biroq u suv resurslariga bog‘liq bo‘lgani sababli gaz iste’molini kamaytirish maqsadida muqobil energiya manbalari, quyosh, shamol va energiya saqlash tizimlariga e’tibor qaratmoqdamiz», deya ta’kidladi Mirzamahmudov.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, suv energiyasini jamlash stansiyalarini qurish ham rejalashtirilyapti. O‘z navbatida yirik gidroelektr stansiyasini qurish 6 yildan 10 yilgacha davom etadi, shu jihatdan qisqa muddatda barqaror energiya ta’minotining eng arzon usuli «yashil» energetika hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:58 / 03.11.2025
RF Vuoksadagi GES bo‘yicha 1972 yilgi Finlandiya bilan tuzilgan shartnomani to‘xtatdi
20:24 / 16.09.2025
Norin daryosida birinchi «milliy» GES ishga tushirildi
12:18 / 13.09.2025
Zangiota tumanida kichik GES ishga tushirildi
14:48 / 10.09.2025