Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biz birgamiz: "O‘zmetkombinat" AJ dan Sardobaga insonparvarlik yordami ortilgan karvon yetib bordi
Foto: O‘zmetkombinat
El boshiga ish tushsa...
Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba suv ombori» to‘g‘onidan suv toshib, Sardoba tumanidagi Yurtdosh, Do‘stlik va Qo‘rg‘ontepa MFYlari, Mirzaobod tumanidagi Saxovat, Ahillik va Shodlik MFYlari hamda Oqoltin tumanidagi Do‘ngariq, Mirzacho‘l, Haqiqat va Navbahor, jami 10 ta MFYlaridagi aholi punktlarida turar va noturar mulklar, ijtimoiy soha obektlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy talafot yetgani va 70 ming fuqarolarimiz bu talafotdan aziyat chekkani barchamizni qayg‘uga soldi.

Biz birgamiz...
Talafot xabari yetgan kunning o‘zidayoq, tezkor ravishda "O‘zmetkombinat" AJning avtobuslari va yuk mashinalari voqea joyiga tashish va ko‘mak ishlari uchun safarbar etilgan edi.
Talafotdan ikki kun o‘tib,"O‘zmetkombinat" AJ tomonidan suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga insonparvarlik yordami yuborildi. Favqulodda hodisa tufayli Sardoba suv omboridan suv sizib chiqishi tufayli qiyinchilikkaduch kelgan sirdaryoliklarga 4 ta yuk mashinasida yuborilgan insonparvarlik yordami ortilgan karvon 3 may sanasida manzilga yetib bordi.

Butun O‘zbekiston xalqi kabi metallurglar ham sirdaryoliklarni qiyinchiliklar oldida yolg‘iz qoldirishmaydi.Bekobodlik metallurglar Sirdaryo viloyatiga un,go‘sht,yog‘,shakar, tuxum,makaron,sabzi, kartoshka,piyoz kabi oziq-ovqat mahsulotlari va bir mashinada ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan sirlangan idishlar jo‘natishdi.
"O‘zmetkombinat" AJ rahbariyati og‘ir kunlarda Sirdaryo xalqi bilan birga ekanligini izhor etadi: talafotlar tez orada bartaraf etilishiga va Sirdaryo xalqi tez orada o‘zining normal turmush tarziga qaytishiga ishonamiz.
"O‘zmetkombinat" AJ ni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram: Telegramtashrif
Feysbuk: Feysbuktashrif
Instagram: Instagramtashrif
Veb-sayt: www.uzbeksteel.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:53 / 14.08.2025
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
19:00 / 10.06.2025
“O‘zmetkombinat” CDP xalqaro baholash tizimida ikki pog‘ona yuqorilab, “B” darajasiga erishdi
22:21 / 17.10.2024
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
20:07 / 09.01.2024