Sport | 10:31 / 21.08.2017
16792
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar: «Barselona»da shunday rahbariyat bor ekani juda qayg‘uli

Foto: eurosport

«PSJ» hujumchisi Neymarning ma'lum qilishicha, «Barselona» rahbariyatida klubda yuqori lavozimlarni egallashi kerak bo‘lmagan kishilar bor.

«Barselona»da bunday rahbariyat bor ekanidan juda afsusdaman. Ular shunday yuqori lavozimlarni egallashi kerak bo‘lgan kishilar emas. «Barselona» ko‘proqqa loyiq. Men «Barselona»ga endigina o‘tganimda, hammasi yaxshi edi, biroq keyin... Mening u yerda ko‘plab do‘stlarim bor, «Barselona»da baxtli to‘rt yilni o‘tkazdim», - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi Football Espana.

Eslatib o‘tamiz, Neymar yozgi transferlar oynasi vaqtida «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga o‘tdi.

Avvalroq «Barselona» muxlislari klub rahbariyati iste'fosini talab qilayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid