Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda maktab o‘quvchisi janjal vaqtida pichoqlandi
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari o‘zaro janjallashgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 sentabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Qo‘yliq mavzesi 2-uy oldida 2005 yilda tug‘ilgan ikki fuqaro o‘zlariga notanish bo‘lgan yigitlar bilan og‘zaki tortishib qolgan.
Shundan so‘ng, B.F. hamda E.X. 2008 yilda tug‘ilgan Sh.O. bilan urishib ketgan. So‘ng B.F. voyaga yetmagan Sh.O.ga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Sh.O. shifoxonaga yotqizilgan, uning sog‘lig‘i shifokorlar nazoratida.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:27
Toshkent–Goa yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
18:42 / 05.12.2025
Prezident qarori: Toshkentda tirbandliklarni kamaytirish choralari tasdiqlandi
14:47 / 05.12.2025
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
08:41 / 05.12.2025