Toşkent şahar IIBB va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Sergeli avtomobil bozori hududida tezkor tadbirlar ötkazildi.
Tadbirlar davomida bozorda faoliyat yuritib kelgan, xalq orasida “saygaklar” deb ataluvçi olibsotarlarning noqonuniy faoliyatiga çek qöyilgan.
IIBB xabariga köra, bu toifadagi şaxslar faoliyati bozorda xaridor va sotuvçi örtasidagi töğridan töğri muloqotning kamayişiga, avtomobil va ehtiyot qismlar narxlarining sun’iy oşirilişiga va ayrim holatlarda xaridor yoki sotuvçilar uçun noqulay vaziyatlar yuzaga kelişiga sabab bölgan.
“Olib çiqib ustiga qöyib sotadi, qimmatroq aytadi, aldab yuborişiyam mumkin. Kliyent qimmat olib qöyganini eşitgandan keyin xafa böladi. Içkariga kirsam bölarkan deydi. Mijoz stoyankada qolib ketadi, bu yergaça (bozorgaça) yetib kelsa odam köproq, savdo yaxşi böladi. Birinçi qöldan oladi”, – deydi sotuvçilardan biri.
Ötkazilgan tadbirlar davomida bozor hududida noqonuniy vositaçilik va örtakaşlik faoliyati bilan şuğullangan 100 nafar şaxs aniqlangan. Ularning 50 nafari bilan profilaktik suhbat ötkazilgan, 30 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq va jarima jazosi tayinlangan.
“Sergeli maşina bozorida işlaganman, noqonuniy işlarni qilganmiz. Bu işlarning noqonuniyligini tuşunib yetdik va kelgusida işlayotgan bolalarga maslahatimiz: bu işni qilmanglar, yaxşilikka olib kelmaydi”, deb ta’kidlagan bozorda şunday faoliyat olib borganlardan biri.

IIBB ma’lumotiga köra, 2025 yil va 2026 yilning ötgan davri mobaynida mazkur bozor hududida noqonuniy harakatlar bilan boğliq qariyb 10 ta jinoyat işi aniqlangan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar mazkur holatlar yuzasidan tegişli çoralar körayotganini ma’lum qildi. Toşkent şahar IIBB bu yönalişdagi nazorat va profilaktik tadbirlar davom ettirilişini bildirgan.
Içki işlar organlari fuqarolarga mahsulot va xizmatlarni faqat rasmiy hamda işonçli savdo nuqtalari orqali xarid qilişni tavsiya qildi.












