Jamiyat | 21:24 / 05.04.2023
55656
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva oliy ta’lim vaziri bilan Qo‘qondagi voqeani muhokama qildi 

Qo‘qon pedagogika institutida qizlarning yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgan edi. 

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda ta’lim sohasidagi masalalar muhokama etildi. Jumladan, Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralari muhokama qilindi. 

Saida Mirziyoyeva ta’lim tizimida zo‘ravonlikka qarshi kurashish lozimligini ta’kidladi. 

«Ta’lim tizimi har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo‘lgan asosiy platformalardan biridir», deb yozdi u. 

Avvalroq, Qo‘qon pedagogika institutida qizlarning yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgan edi. 

Mavzuga oid