Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyati va tumanlari rahbariyati ishtirok etgan yig‘ilishda respublikadagi eng qadimiy suv inshootlaridan biri - «Jo‘yzar» kanalining 22,5 kilometrlik qismini betonlash loyihasi muhokama qilinganini ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, mazkur chora orqali yiliga 12 million kub metr suv isrofining oldi olinadi.

Yig‘ilishda suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish hamda hududdagi infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, madaniyat obektlarini rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘rib chiqildi.

Xususan, Buxoro qo‘g‘irchoq teatri va S. Ayniy nomidagi teatrni ta’mirlash va yangilash bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

Tomonlar sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, turistlar uchun yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan takliflarni ham ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
21:42 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026