Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi
Insofsiz ish beruvchilar tomonidan ish haqining to‘lanmasligi yoki kechiktirilishi, qo‘shimcha to‘lov talablari va deportatsiya bilan tahdidlar, noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar sodir etilgan.
Serbiya Foto: Li Ying / XinHua / Global Look Press
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasiga ko‘ra , 2025 yilda Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan mehnat huquqi masalasida murojaatlar ko‘paygan.
Tahlillar natijasiga ko‘ra insofsiz ish beruvchilar eng ko‘p sodir etgan qoidabuzarliklar:
ish haqining to‘lanmasligi yoki kechiktirilishi;
vaqtinchalik yashash va ishlash uchun ruxsatnomalar olishdagi muammolar;
hujjatlar uchun asossiz takroriy yig‘imlar;
qo‘shimcha to‘lov talablari va deportatsiya bilan tahdidlar;
noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni o‘ylab topilgan bahonalar bilan to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish.
Elchixona tomonidan fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ish beruvchilar va Xorvatiya vakolatli organlari bilan tegishli choralar ko‘rilgan.
Agentlik fuqarolarga quyidagilarni tavsiya etmoqda:
xorijga ishlash uchun faqat Migratsiya agentligi yoki amaldagi litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari orqali chiqish;
litsenziyasi yo‘q shaxs va tashkilotlarga pul o‘tkazmaslik;
ishlash maqsadida turistik yoki mehmon vizalari bilan chiqmaslik;
mehnat shartnomasini imzolashdan oldin uni to‘liq o‘rganish.
Muammolar yuzaga kelganda Vengriyadagi elchixona konsullik bo‘limiga murojaat qilish: +36 304 362 636.
Mavzuga oid
18:37 / 27.12.2025
Xorvatiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
14:09 / 26.12.2025
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
19:31 / 25.12.2025
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
22:34 / 24.12.2025