Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Italiya qişloq xöjaligi vaziri Françesko Lollobrijida hamda Confagricoltura taşkiloti vakillari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda fuqarolarni Italiyaning agrar sohasiga işga jalb etiş böyiça muhim kelişuvlarga erişildi.
Xususan, Özbekiston Migratsiya agentligi hamda Italiyaning Associazione Imprese Ortofrutticole taşkiloti örtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Unga köra, özbekistonliklar Italiyaga 3 oydan 9 oygaça bölgan muddatga mavsumiy işlarga yuboriladi.

Qayd etilişiça, mazkur assotsiatsiya Italiyaning meva-sabzavotçilik yönalişidagi 35 dan ortiq yirik kompaniyasini birlaştiradi. Tuzilma fermerlik, qayta işlaş, logistika va eksportgaça bölgan töliq agrosanoat zanjirini qamrab oladi. Asosiy mahsulotlar sifatida olma, kivi, anor va qulupnay kabi mevalar tilga olingan.
Şuningdek, assotsiatsiya prezidenti Marko Salvi joriy yilda pilot loyiha doirasida 100 nafar özbekistonlikni iş bilan ta’minlaşga tayyor ekanini bildirgan. Bu esa Italiya mehnat bozorida özbekistonliklar uçun yangi yönaliş oçilayotganini körsatadi.


Oçiq manbalarda keltirilişiça, Italiyada mavsumiy işga boriş uçun iş beruvçi tomonidan ruxsatnoma rasmiylaştirilişi, söngra mavsumiy iş vizasi olinişi talab etiladi. Bunday iş ruxsatlari, odatda, Italiyaning yillik kvota tizimi asosida beriladi.
Yangi kelişuv Özbekiston fuqarolari uçun xorijda qonuniy mehnat qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi, şu bilan birga, mavsumiy bandlik orqali daromad topiş va xalqaro mehnat tajribasini oşirişga zamin yaratişi kutilmoqda.











