Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari chegaradan qo‘shimcha kuchlarni olib chiqishga kelishib oldi
Samarqandda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi.
Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.
Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Avvalroq Qirg‘iziston nashrlari Tojikiston Botkendagi aeroportni raketalar bilan o‘qqa tutgani va shahardagi «fuqarolik infratuzilmasi obektlari»ni vayron qilgani haqida xabar bergan edi.
24.kg nashri Qirg‘izistonning Botken viloyati ma’muriyatiga tayanib yozishicha, chegaraning «butun perimetri bo‘ylab» - Qizilbel, Ko‘ktosh, Tamdiq, Do‘stuk qishloqlari, Tortkocho hududida to‘qnashuvlar kuzatilgan. Chegaraga yaqin qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan.
Tojikiston esa qirg‘iz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini «og‘ir qurollardan» o‘qqa tutishda ayblagan.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara barcha hududlarda belgilanmagan va shu sababli vaqti-vaqti bilan to‘qnashuv hududiga aylanib bormoqda.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarada vaziyat oxirgi marta 14 sentabr kuni keskinlashdi, o‘shanda chegarachilar chegaraning uchta uchastkasida otishma uyushtirdi. Oqibatda tojik tomondan ikki kishi (har ikkisi harbiy xizmatchi) halok bo‘lgan va yana 11 kishi jarohatlangan, qirg‘iz tomondan kamida besh kishi, jumladan bir bola jarohatlangan. Hozirgacha mojaroda kamida uch kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024