Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksion rejimni buzishda ayblab, Qirg‘izistonning Capital Bank of Central Asia va Keremet banklariga ikkilamchi sanksiya qo‘lladi. Ozarbayjon va Laosdagi bittadan bank ham qora ro‘yxatga tushgan. Rossiyaning o‘zida esa yana 20 ta bankka nisbatan tranzaksiya taqiqlari joriy etildi, ular orasida Wildberries Bank ham bor.
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bosqin qilayotgan Rossiyani jazolovchi sanksiyalarning 20-paketini tasdiqladi. Ro‘yxatda bu safar Markaziy Osiyodagi banklarni ham uchratish mumkin.
Xususan, Qirg‘izistondagi Capital Bank of Central Asia va Keremet Bank sanksion ro‘yxatga tushdi. Ular SPFS tizimi orqali (SWIFT'ning Rossiya yaratgan muqobili) Rossiyaga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan sanksiyalarni aylanib o‘tishga yordam berganlikda ayblandi. Shuningdek, bitta Ozarbayjon va Laos banki ham xuddi shu sabab bilan cheklovlarga duch keldi.
20-paketda O‘zbekistondan paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi ikkita kompaniya: Farg‘ona kimyo zavodi va Jizzaxdagi Raw Materials Cellulose korxonasini uchratish mumkin. Ular Rossiyadagi porox zavodlarini xomashyo bilan ta’minlagani ko‘rsatilgan.
Yangi sanksiyalar Rossiyaning 20 ta bankiga nisbatan tranzaksiya taqiqlarini o‘rnatadi. Ular orasida Wildberries Bank ham bor. Bu esa elektron tijorat bilan bog‘liq moliyaviy oqimlar ham nazorat ostiga olinayotganini ko‘rsatadi.
Energetika va sanoat sektori – sanksiyalarning asosiy nishonlaridan biri bo‘lib qolmoqda: yangi paket doirasida Rossiyaning yirik neft kompaniyalari va ularning shu’ba tuzilmalari, jumladan, “Bashneft” va “Slavneft”, shuningdek, “Lukoyl” va “Gazprom” bilan bog‘liq ayrim affillangan strukturalar ham cheklovlar ostiga olingan.
Bundan tashqari, bir nechta neftni qayta ishlash zavodlari, logistika zanjirida ishtirok etuvchi 46 ta kema, “Rosnefteflot” kabi transport kompaniyalari ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Sanksiyalar ilmiy va xizmat ko‘rsatish sektorini ham chetlab o‘tmadi. Xususan, Moscow Institute of Physics and Technology hamda Soglasie Insurance kabi sub’yektlar ham qora ro‘yxatga tushdi. Bu esa texnologik va moliyaviy xizmatlar orqali harbiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini cheklashga xizmat qiladi.
Kriptoaktivlar sohasida ham choralar kuchaytirilib, A7A5 steyblkoini bilan savdo qiluvchi va Rossiya bilan aloqador operatsiyalarda ishtirok etgani aytilayotgan TengriCoin operatori ham sanksiya ostida qoldi.
Mavzuga oid
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
20:00 / 09.06.2026