Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
Gap Timur Shabdanbekov va Daniel Risaliyev haqida ketmoqda. Fevral oyida MXDQ raisining iste’fosidan keyin ular ham ishdan olingan edi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosarlari – Timur Shabdanbekov va Daniel Risaliyev hibsga olingan. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib, Kaktus.media xabar bermoqda.
Timur Shabdanbekov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. Xuddi shunday ayblov bilan MXDQning yana 6 nafar xodimi qo‘lga olingani aytilyapti.
Daniel Risaliyev esa korrupsiya ayblovi bilan 13 aprel kuni ushlangani ma’lum. 24.kg xabariga ko‘ra, Bishkek shahar Birinchi may tumani sudi uni 11 iyungacha uy qamog‘ida saqlashga order bergan.
Eslatib o‘tamiz, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasini 2020 yildan buyon boshqarib kelgan Qamchibek Tashiyev 10 fevral kuni lavozimidan olingan edi. Shu kuni uning o‘rinbosari Daniel Risaliyev ham ishdan bo‘shatilgan. Boshqa bir o‘rinbosari Timur Shabdanbekov esa bir hafta o‘tib, 17 fevralda lavozimini tark etgandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tashiyevni ishdan olishini jamiyatda boshboshdoqlik yuzaga kelishining oldini olish bilan izohlagan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026