Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Baykal ko‘li suvini sotib oladi
Xitoy qurg‘oqchil yerlariga suv haydash maqsadida Rossiyadagi Baykal ko‘li suvini sotib olishni boshlaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu maqsadda 1,1 ming km lik quvur quriladi. Quvur Baykalning janubiy oxiridan Mo‘g‘uliston hududi, Xesi tog‘ yo‘lagi, Gobi cho‘li va Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumani orqali Gansu viloyatining poytaxti Lanchjouga o‘tkaziladi.
Nashrning anonim manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, xitoylik diplomatlar Rossiya tomoni bilan bu loyihani muhokama qilishgan.
Rossiya hukumati nashrga Xitoy bilan bu masalada muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqlagan. Xitoyda ushbu loyiha ko‘lga ziyon yetkazmaydi, deb hisoblamoqdalar. Ularning ta'kidlashicha, tortib olinadigan suv miqdori ko‘lning o‘lchamlari oldida arzimagan miqdorni tashkil qiladi, Sibir esa shu tariqa iqtisodiy foyda oladi.
Baykal ko‘li Sharqiy Sibirning janubiy qismida joylashgan va sayyoramizdagi eng chuqur ko‘l hamda chuchuk suv saqlanuvchi eng yirik tabiiy havza hisoblanadi. Ko‘lning maksimal chuqurligi 1642 metrni tashkil qiladi. Baykal nomi kelib chiqishining turli taxminlari bor, ulardan biriga ko‘ra, ko‘l nomi "boy" va "ko‘l" so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, "boy ko‘l" deganini anglatadi.
Mavzuga oid
22:01
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026