Jamiyat | 09:54 / 02.06.2018
23735
2 daqiqa o‘qiladi

Byudjyet tashkilotlarda 2018 ish yili uchun mehnat ta'tili qanday tartibda beriladi?

Foto: Fotolia

Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2018 yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat ta'tili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishi belgilangan edi, deyiladi “Huquqiy axborot” kanalida.

Shuni hisobga olgan holda yillik mehnat ta'tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun pullik kompensatsiya to‘lovini hisoblab chiqish tartibi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra mehnatga vaqtbay, ishbay va tarifsiz tizimlarida mehnat ta'tili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini hisoblash uchun qabul qilingan tarif stavkani tashkilotda 6 va undan ortiq oy ishlagan xodimlarning tarif stavkasidan ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarni, shu jumladan ishbay qo‘shimcha haqning tegishli qismiga oshirish orqali aniqlanadi.

Shu bilan birga, Yo‘riqnomada mehnat ta'tili berilganda, uni muddatini hisoblash tartibi berilgan.

Masalan, 2018 yilda mehnat ta'tilining birinchi kuni:

•  3 yanvardan 21 martgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta'tili muddati – 1 ish kuniga;
•  21 martdan 1 sentabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta'tili muddati – 2 ish kuniga;
•  1 sentabrdan 2018 yilning oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta'tili muddati – 3 ish kuniga kamayadi.

Mazkur talablar byudjyet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, byudjyet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.

Mavzuga oid