Prezident administratsiyasi topşiriğiga asosan, tuman va şaharlar hokimlari va sektor rahbarlarining mehnat ta’tiliga çiqişi va davolanişi ikki bosqiçda ötkazilmoqda.

Kun.uz'dagi ma’lumotlarga köra, 1-10 yanvar kunlari birinçi bosqiçda Toşkent şahri tumanlari hokimlaridan taşqari respublikadagi barça tuman (şahar) hokimlariga ta’til berilgan.

Tuman (şahar) hokimlari Tibbiyot boş boşqarmasining 1-son va 2-son şifoxonalari, “Qibray”, Kasaba uyuşmalari federatsiyasining “Çinobod Plaza”, “Turon” va “Oqtoş” sanatoriylarida, Rossiyadagi Özbekiston sanatoriylarida soğligini tiklaşi, şuningdek, boşqa xorijiy davlatlarda ta’tilga çiqişi belgilangan.

Tasdiqlangan grafikka köra, jami 208 nafar tuman (şahar) hokimidan 46 nafari davolaniş va sayohat qiliş uçun xorijga çiqişi belgilangan.

1 yanvardan ta’tilga çiqqan hokimlar ertaga, 11 yanvardan işga qaytadi. Ikkinçi bosqiçda, ya’ni 11-20 yanvar kunlari Toşkent şahri tumanlari hokimlari hamda respublikadagi barça sektor rahbarlari va hokim örinbosarlariga ta’til beriladi.

Administratsiya topşiriğiga köra:

  • viloyatlar prokurorlari va içki işlar boşqarmalari boşliqlari – IIV Markaziy hospitalida;
  • viloyatlar soliq boşqarmalari boşliqlari – “Xumson” sanatoriysida;
  • tuman va şahar prokurorlari, içki işlar bölimlari va soliq inspeksiyasi boşliqlari – Kasaba uyuşmasining hududlardagi sanatoriylari hamda viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazlarida soğligini tiklaydi.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi raisining, viloyatlar hamda Toşkent şahri hokimlarining örinbosarlari, maslahatçilari, yordamçilari va taşkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari – Tibbiyot boş boşqarmasining 1-son va 2-son şifoxonalari, “Qibray”, “Çinobod Plaza”, “Turon” va “Oqtoş” sanatoriylarida, Rossiyadagi Özbekiston sanatoriylarida hamda xorijiy davlatlarda ta’til ötkazadi.

Tuman va şahar hokimlarining örinbosarlari hududlardagi viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazlarida va Kasaba uyuşmasining sanatoriylarida soğligini tiklaydi.

Ta’til vaqtida mansabdorlarga san’atkorlar xizmatda böladi: sanatoriy va tibbiyot maskanlarida taniqli san’atkorlar iştirokida madaniy tadbirlar taşkil etiladi. Bu topşiriq ijrosi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga yuklatilgan.