Hukumat qarori bilan Pedagog xodimlar uçun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari tasdiqlandi. Unga köra, maktab öqituvçilarining mehnat ta’tili 56 kun deb belgilandi.

Sönggi haftalarda maktab öqituvçilarining ta’tilini belgilaşda muammo yuzaga kelayotgandi. Xususan, Kun.uz’ga murojaat qilgan öqituvçilar yozgi ta’tilda tölanadigan ta’til pullari kamayib ketgani borasida murojaat qilgandi.

Muammo tegişli vazirliklarning yangi Mehnat kodeksini amalga kiritiş bilan boğliq normativ hujjatni qabul qilişni keçiktirgani bilan boğliq edi. Yangi Mehnat kodeksiga köra, yakşanba kuni ham ta’tilga qöşib hisoblanayotgani sababli (natijada yakşanba uçun ham haq tölanadi) öqituvçilarning ta’til kunlari va ularga tölanadigan pul miqdori kamayib ketgandi. Hukumat qarori bilan şu muammo bartaraf etilmoqda.

Yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uçun haq tölaşda yakşanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi, Bu maktab öqituvçilariga 56 kalendar kuni miqdorida mehnat ta’tili berilib, şundan 48 iş kuni uçun haq tölanişini anglatadi.

PS: Xabar tahrirlandi