Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 7 oyda 21,5 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi
Pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay 13 ta davlatga O‘zbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan.
Joriy yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, qiymati 18,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 ming tonnaga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 12,5 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 6,2 ming tonna va Qirg‘iziston Respublikasiga 2,3 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.
Pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay 13 ta davlatga O‘zbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan. Ayniqsa, bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston davlatlari bozorlarida mamlakat sarhadlarida yetishtirilgan uzum mahsuloti birinchi bor sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (6,2 ming tonna), Toshkent (4,3 ming tonna), Namangan (3,1 ming tonna), Xorazm (2,1 ming tonna) va Qashqadaryo (1,7 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
21:27 / 31.03.2026
O‘zbekiston ketma-ket besh oydan beri oltin sotmayapti
09:40 / 31.03.2026