Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
2025 yil davomida O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar orasida Rossiya va Qozog‘istondan kelganlar asosiy ulushni tashkil etdi.
Foto: iStock
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda xorijiy davlatlardan jami 1 159 nafar shaxs O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan.
Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelib, umumiy ko‘rsatkichning 39,9 foizini tashkil etgan. Qozog‘istondan kelganlar ulushi 20,3 foizni, Tojikistondan — 10,3 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, Qirg‘izistondan 4,3 foiz, Turkmanistondan 3,1 foiz ko‘chib kelganlar qayd etilgan. Qolgan 22,1 foiz esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida esa doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahriga — 698 nafar to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Toshkent viloyatiga 275 nafar va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 101 nafar kishi ko‘chib kelgan.
Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar ancha past bo‘lib, Sirdaryo viloyatiga 24 nafar, Farg‘ona viloyatiga 14 nafar, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 12 nafardan, Buxoro viloyatiga 11 nafar, Xorazm viloyatiga 7 nafar, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga 2 nafardan, Namangan viloyatiga esa 1 nafar ko‘chib kelgan.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
20:23 / 15.04.2026