O‘zbekiston | 09:22 / 05.02.2018
10853
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari bugun Toshkentga keladi

2018 yilning 5 fevral kuni Toshkent shahriga Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Mazkur tadbirlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid