Rossiyada sud Tojikiston fuqarosini isiriq (hazorispand, garmala) ösimligini mamlakatga olib kirişga uringani uçun 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda respublika Boş prokuraturasiga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

Tojikistonlik ayol Rossiya aeroportlaridan birida qölga olingan. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi («Giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay saqlaş, taşiş, işlab çiqariş va qayta işlaş») va 229.1-moddasi 3-qismi («Rossiya bojxona çegarasi orqali tarkibida giyohvand moddalar bölgan ösimliklarni noqonuniy olib ötiş») böyiça ayblov e’lon qilingan.

«Tergov yakunlangaç, jinoyat işi sudga yuborildi, sudlanuvçi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi», deyiladi Tojikiston Boş prokuraturasi xabarida.

Boş prokuratura Rossiya hududiga isiriq olib kiriş va undan foydalanişga urinişdan ogohlantirib, «10 birlikdan ortiq hazorispandni» taşiş va saqlaş uçun qoidabuzar 1 million rublgaça jarima yoki umrbod qamoq jazosiga tortilişi mumkinligini eslatdi.

2024 yil fevral oyida isiriq Rossiyadagi noqonuniy aylanişi va saqlanişi uçun jazo nazarda tutilgan giyohvandlik moddalari mavjud ösimliklar röyxatiga kiritilgan edi. Buning sababi garmin - gallyutsinogen va markaziy asab tizimini rağbatlantiruvçi modda bölib, u birinçi marta qöllanganidan söng ham jismoniy va ruhiy salomatlik uçun oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Şu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ösimlikdan foydalaniş keng tarqalgan. Isiriq odatda tutatiladi va turli maqsadlarda, masalan tibbiyotda işlatiladi.