Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston elektr energiyasi evaziga Qozog‘iston va O‘zbekistonga suv yetkazib beradi
Uch davlat energetiklari o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berish orqali bir-birini qo‘llab-quvvatlash, isitish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish va kelgusi vegetatsiya mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaror qildi.
Foto: Getty images
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv-energetika hamkorligi parametrlari va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar berdi Tengrinews Qozog‘iston Energetika vazirligiga tayanib.
Olmaota shahrida Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov raisligida uch mamlakat suv-energetika idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar suv-energetika sohasidagi hamkorlikning keyingi parametrlari to‘g‘risida kelishib oldilar. Qirg‘izistonning To‘xtag‘ul suv omboridagi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berish orqali bir-birini qo‘llab-quvvatlash, isitish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish va kelgusi vegetatsiya mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaror qildi.
«Qozog‘iston va O‘zbekiston kuz-qish mavsumida Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishga tayyorligini tasdiqladi. Bu Qirg‘iziston tomoniga qishda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini kamaytirish va To‘xtag‘ul suv omborida suv to‘plash imkonini beradi. Jamg‘arilgan hajm vegetatsiya davrida janubiy hududlardagi ekin maydonlarini barqaror sug‘orishni ta’minlash uchun Qozog‘iston va O‘zbekistonga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, mintaqada iste’molni kamaytirish va energiyani tejash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi», deyiladi xabarda.
To‘xtag‘ul suv ombori - Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi Norin daryosidagi sun’iy suv havzasi bo‘lib, Markaziy Osiyoning asosiy energetika va irrigatsiya obektlaridan biridir. U mamlakat gidroenergetikasining «yuragi» rolini o‘ynaydi, elektr energiyasining 80 foizigacha ta’minlaydi, shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda dalalarni sug‘orish uchun oqimni tartibga soladi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha 2026 yil vegetatsiya davri uchun qishki elektr energiyasi yetkazib berish va suv zaxirasini to‘plash hajmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi uch tomonlama bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
18:20 / 30.03.2026