Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nest One» turar joy kompleksida yong‘in kelib chiqdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida joylashgan «Tashkent city» ishbilarmonlik markazi hududidagi «Nest One» turar joy kompleksida yong‘in kelib chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun soat 10:02da Olmazor ko‘chasi 1/A-uyda joylashgan «Nest One» turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, u yerdagi 2 kvadrat metr maydonda penoplast yongan.
Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etganlar.

Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
08:21 / 13.12.2025
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
13:23 / 06.12.2025