Toşkent şahri Çilonzor tumanida yirik yonğin sodir bölgan «Beşqörğon» bozori faoliyati vaqtinça töxtatildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
5 aprel kuni bozorda yirik yonğin sodir bölgandi. Yonğinni öçiriş işlari 2,5 soatga yaqin davom etgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda bozor hududida quyuq tutun ustuni kötarilgani, odamlar öz mulkini qutqarişga harakat qilayotgani aks etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan. FVV zarar miqdoriga aniqlik kiritmagan. Ammo majmuaning 3000 kv.m maydoni va moddiy boyliklari, şuningdek, unga tutaş bölgan hududdagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasi hamda 5 qavatli avtoturargoh yonğindan saqlab qolingani ma’lum qilingan.
Şundan söng Toşkent şahri FVBB tomonidan majmua hududi va uning atrofidagi yonilği quyiş şoxobçasi tegişli tartibda tekşirilgan.

Tekşiruv davomida zapravkada yonilği saqlaş siğimiga yaqin masofada joylaşgan binodan omborxona sifatida foydalanilayotgani, savdo kompleksi binosidagi mavjud avtomatik yonğin öçiriş tizimi nosoz holatda ekani va şunga öxşaş bir neçta yonğin xavfsizligi qoidalarining qöpol ravişda buzilgani aniqlangan.
Barça kamçiliklar töliq bartaraf etilgunga qadar ularning iş faoliyati vaqtinça töxtatilgan.












