O‘zbekiston | 18:03 / 20.08.2019
9218
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Foto: Shutterstock

Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashishi markazi integratsiyalangan tizimini saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida Toshkent shahrida quyidagilar tashkil etiladi:

vaziyatlarni boshqarish yagona markazi;

Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi;

favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112);

davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini “Xavfsiz shahar” tizimiga majburiy integratsiyalash;

yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli obektlar monitoringini olib borish.

Mavzuga oid