Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni ozod qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jazoni ijro etish departamenti 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada davolanayotgan og‘ir bemorlar tashxisi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh inspektor-shifokorlari tomonidan ham tasdiqlanishi lozim.
Ruhiy holati buzilgan mahkumlar ruhiy holati buzilgan shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi kasalxonada yoki ruhiy holati buzilgan shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi davolash bo‘linmasida statsionar sharoitda sinchiklab tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Sud majlisida bemor mahkum, prokuror, qonunda belgilangan holatlarda himoyachi, uning qonuniy vakili, taqdimnoma kiritgan muassasa boshlig‘i va kasalxona (tibbiyot bo‘limi) mas’ul xodimi hamda bemorning davolovchi (ruhiy holati buzilgan shaxs masalasi ko‘rilayotganda — psixiatr) shifokor ishtirok etadi.
Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish haqidagi taqdimnoma bo‘yicha qabul qilingan sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga prokuror, mahkum, uning qonuniy vakili va himoyachi tomonidan protest yoki shikoyat kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:57 / 10.11.2025
Qalqonsimon bez kasalliklari bir qator hududlarda balandligicha qolyapti
13:18 / 08.08.2025
Chivinlar orqali yuqadigan kasallik: chikungunya haqida nimalarni bilish kerak?
19:24 / 04.08.2025
Soch to‘kilishi tabiiy jarayonmi yoki kasallik? Uni qanday davolash mumkin?
19:46 / 28.03.2025