Çikungunya – tropik va subtropik mintaqalarda uçraydigan virusli kasallik. U odamdan odamga ötmaydi, faqat çivin çaqişi orqali yuqişi mumkin.

Dastlab 1952 yilda Tanzaniyada aniqlangan. “Çikungunya” sözi makonde tilidan olingan bölib, “bukçaytirib qöyadigan” degan ma’noni anglatadi, bu atama kasallik böğim oğriği tufayli odamning bukçayib yurişiga işora qiladi.

Asosan, Amerika, Afrika va Osiyoda uçraydi. Yevropada tarqalişi esa boşqa mintaqalardan virus yuqtirib qaytgan sayohatçilar va ularning yuklariga qöşilib kelgan çivinlar bilan boğliq.

Belgilari

Kasallik odamlarda kuçli isitma va böğim oğriqlari bilan namoyon böladi. Şuningdek, quyidagi simptomlar ham kuzatiladi:

  • muşak oğriği;
  • çarçoq;
  • toşma;
  • boş oğriği;
  • köngil aynişi;
  • böğim şişi.

Böğim oğriği, odatda, bir neça kun davom etadi, ammo ba’zan hafta, oy yoki hatto yillab öz ta’sirini körsatişi mumkin. Ayrim hollarda köz, yurak va asab tizimi bilan boğliq asoratlar qoldirişi ehtimoli mavjud. Yangi tuğilgan çaqaloqlar va surunkali kasalligi bor keksa yoşdagilarga kuçliroq ta’sir körsatadi. Odam çikungunya kasalligidan bir marta tuzalganidan söng, odatda, bu virusni qayta yuqtirib olmaydi, çunki tanada unga qarşi immunitet hosil böladi.

Tarqalişi

2025 yil boşidan iyul örtalarigaça 16 mamlakatda jami 240 000 dan ortiq çikungunya holati hamda 90 ta ölim qayd etilgan.

Amerika mintaqasi. Virus tarqalişi eng köp Braziliyada kuzatilgan – 185 553 ta. Boliviyada 4 721 ta, Argentinada 2 836 ta va Peruda 55 ta kasallaniş holati aniqlangan.

Osiyo va Afrika mintaqasi. Hindiston, Şri-Lanka, Mavritaniya, Pokiston va Xitoy böylab jami 34 000 dan ortiq holat röyxatga olingan. Xitoyning Guangdong viloyati, ayniqsa Foşan şahri iyun oyidan beri 7 000 dan ortiq infeksiya tarqalişi bilan epidemiya markaziga aylangan. Hududda keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilgan: bemorlar şifoxonalarda yotqizilgan, dronlar yordamida suv töplanadigan joylar aniqlangan, şuningdek, çivin liçinkalarini yöq qiluvçi biologik usullar qöllangan.