Soğliqni saqlaş sohasidagi muhokamada endokrin yönalişdagi muammolarga alohida töxtalib ötildi. Ma’lum qilinişiça, endokrin kasalliklar dorilari uçun budjetdan har yili 100 milliard söm mablağ ajratiladi. Şunga qaramasdan, Qoraqalpoğiston, Samarqand, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida qalqonsimon bez kasalliklari körsatkiçlari yuqoriligiça qolmoqda.

Endokrinologiya markazi sönggi bir yilda xizmatlar narxini 35 foizga oşirgani, ammo kasalliklarning oldini oliş va aholi orasida maqsadli profilaktika işlari yetarli darajada taşkil etilmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga hududlar kesimida xavf guruhlarini aniqlaş, birlamçi böğinda skrining va axborot-tuşuntiriş kampaniyalarini kuçaytiriş, şifokorlar uçun klinik protokollar böyiça amaliy öquvlarni yölga qöyiş vazifalari yuklatildi.

Şuningdek, xususiy sektorda yuqori texnologiyali xizmatlar ustuvorligi qayd etilar ekan, davlat muassasalarida ham resurs va imkoniyatlardan samarali foydalaniş, natija körsatkiçlarini joriy etiş zarurligi ta’kidlandi.