Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yakkatut» MFY raisi mehnatlarini qadrlayman, biroq...» O‘zbekiston tumani hokimi tumanning «Yakkatut» MFY atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi
Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekiston tumaniga press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida jurnalist va blogerlar O‘zbekiston tumani hokimi Sherzodjon Yo‘ldoshev ishtirokidagi brifingda ishtirok etdi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston tumani, «Yakkatut» MFYning hozirgi binosini davlat sherikchilik asosida qaytadan 3 qavatli zamonaviy binoga aylantirish uchun investorlar jalb qilinganligi, biroq ularning ish boshlashiga MFY raisi Hidoyatxon Hasanova qat'iy qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Tuman hokimi bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mazkur masalaga to‘xtalib, "Yakkatut" MFY raisi hamda uning atrofidagi gap-so‘zlar bo‘yicha munosabat so‘radi.
“Tumanimizning "Yakkatut" MFY binosi, uning sobiq raisi hamda internetdagi gap-so‘zlardan xabarim bor. Bugungi kunda respublikamizning ko‘plab hududlarida MFY binolarini zamonaviy binolarga aylantirish borasida davlat sherikchilik asosida mahalliy tadbirkorlarga yoki investorlarga berilmoqda. Maqsad bitta – hududni yanada obod qilish, mahalla idoralarini zamonaviy binoga ega bo‘lishini ta'minlash. Agar bilsangiz, "Yakkatut" mahallasi Qo‘qon-Yaypan katta yo‘lining bo‘yida joylashgan. Tumanimizdagi markaziy hududlardan biri. Markazlashish borasida tuman markazidan qolishmaydi. Endi o‘sha hududda birgina mahallani idorasi ta'mirga muhtoj bo‘lib turibdi. Uni albatta o‘zgartirish kerak.
Men opani ("Yakkatut" MFYning sobiq raisi nazarda tutilmoqda; tah) mehnatlarini qadrlayman, biroq u yerda ma'naviy muhit buzilgan-da. Tarafkashlik, tanish-bilishchilik singari narsalar kuchayib ketgan. Mahallaga o‘zim o‘rganish tashladim, moliya borib o‘rgandi, mahallani tuman bo‘limi o‘rgandi. Natijalar yaxshi chiqmadi.", - dedi hokim Sh.Yo‘ldoshev.
Kun.uz muxbirining aniqlik kiritishicha, Hidoyatxon Hasanova 2019 yil may oyida "Yakkatut" MFYga rais bo‘lib saylangan. MFY binosi o‘rnida mahalliy tadbirkor tomonidan zamonaviy 3 qavatli bino qurilishiga ruxsat berilgach, tadbirkor va MFY raisi o‘rtasida nizo kelib chiqadi. Ushbu nizo qarib 9 oy davom etadi. Natijada "Yakkatut" MFY raisi Xalq deputatlari tuman kengashi sessiyalaridan birida mahalliy deputatlar MFY raisini muddatidan avval lavozimidan ozod qilish masalasini ko‘rib chiqadi. Tuman kengashi qarori bilan MFY raisini lavozimidan ozod qilishga rozilik beriladi. Joriy yilning 28 aprel kuni "Yakkatut" MFY binosida vakillar yig‘ilishi chaqirtiriladi va ushbu yig‘ilishda rais H.Hasanova o‘z lavozimidan ozod etiladi.
Avvalroq, O‘zbekiston tumani hokimi tumandagi eng asosiy muammolarni sanaganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:37
Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi
08:30 / 18.03.2026
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
08:28 / 12.02.2026
Farg‘onada 34 kishidan iborat “koll-markaz” niqobidagi uyushgan jinoiy guruh fosh etildi
08:28 / 31.01.2026