Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
Uchtepa tumanida profilaktika katta inspektori fuqarodan boshqa kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va’dasi bilan 10 ming dollar talab qilib, pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Foto: DXX
Toshkent shahrida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga boshqa fuqarodan 10 ming dollar talab qilgan profilaktika katta inspektori qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar qildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Uchtepa tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori 1995 yilda tug‘ilgan fuqarodan noqonuniy ravishda 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, u 2025 yil dekabr oyida mazkur fuqaroga tegishli MChJ hujjatlarini soxtalashtirish orqali IT-xizmati ko‘rsatish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 450 ming AQSh dollari olgan 1990 yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortishni va’da qilgan. Shu orqali fuqarodan 10 ming dollar talab qilgan.
Tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan ushbu MChJ bilan bog‘liq firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.
Hozirda profilaktika katta inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
08:32 / 23.04.2026
Namanganda ikki nafar bosh mutaxassis pora bilan ushlandi
21:32 / 21.04.2026