Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS G‘azodagi urush tugaganini e’lon qildi
Harakat vakili G‘azodagi urush uzil-kesil yakunlangani haqida AQSh va vositachilardan kafolat olinganini aytdi.
Foto: Videodan kadr
G‘azodagi HAMAS muzokaralar guruhi rahbari Xalil al-Xayya o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirganini e’lon qildi, deb xabar berdi Reuters.
Al-Xayyaning telemurojaat bilan chiqqan bayonotida aytilishicha, HAMAS G‘azodagi urush uzil-kesil yakunlangani haqida AQSh va vositachilardan kafolat olgan.
«Biz bugun urush tugagani va doimiy otashkesim boshlanganini e’lon qilamiz. Kelishuv ikki yo‘nalishda ham Rafah chegara o‘tish joyini ochishni nazarda tutadi. Kelishuv doirasida Isroil barcha falastinlik mahbus ayollar va bolalarni ozod qiladi», dedi al-Xayya.
Qayd qilinishicha, kelishuv doirasida Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 250 nafar falastinlik, urush boshlanganidan beri qo‘lga olingan yana 1700 nafar g‘azolik falastinlik, shuningdek, qo‘lga olingan barcha ayollar va bolalar ozod qilinadi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp ham G‘azoda urushu tugagani va endi G‘azo qayta qurilishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
09:41 / 15.04.2026