Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi
Bu markaz bo‘yicha maxsus huquqiy rejim joriy etilib, Angliya va Uelsning umumiy huquqi tatbiq qilinadi. Markaz rezidentlari kapitalning erkin harakati va repatriatsiyasi, erkin valuta operatsiyalari, raqamli aktivlar bilan ishlash, imtiyozli soliq rejimi va soddalashtirilgan viza tartibi kabi afzalliklardan bahramand bo‘ladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonga investitsiyalarni oshirish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. 25 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bu boradagi taqdimot bilan tanishdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilgacha moliya markazi iqtisodiyotga qo‘shimcha 20-25 milliard dollar jalb qilish, yalpi ichki mahsulot o‘sishiga har yili qo‘shimcha 1 foizgacha hissa qo‘shish, 15 mingtagacha yangi yuqori malakali ish o‘rni yaratish, 10 ming nafar mutaxassis malakasini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Markaz faoliyati uchun maxsus huquqiy rejim joriy etish ko‘zda tutilgan. Bunda Angliya va Uelsning umumiy huquqi markaz to‘g‘risidagi qonunga zid bo‘lmagan darajada tatbiq qilinadi, markazning boshqaruv organlari o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qilish vakolatiga ega bo‘ladi.
Nizolarni ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan Toshkent xalqaro tijorat sudi va xalqaro arbitraj markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Markaz rezidentlari uchun keg imkoniyatlar yaratiladi:
- kapitalning erkin harakati va repatriatsiyasi;
- erkin valuta operatsiyalari;
- zamonaviy to‘lov vositalari, jumladan, raqamli aktivlar bilan ishlash;
- imtiyozli soliq rejimi;
- soddalashtirilgan viza tartibi shular jumlasidan.
Moliya-investitsiya va bank faoliyati, sug‘urta, raqamli aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov tizimlari va xizmatlari, moliyaviy texnologiyalar bilan bog‘liq xizmatlar markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:03 / 25.03.2026
Enterprise Uzbekistan uchun maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi
21:06 / 21.03.2026
O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?
13:10 / 21.03.2026
Venchur va xususiy investitsiya fondlari uchun huquqiy asos yaratiladi
14:29 / 20.03.2026