O‘zbekiston | 13:23 / 05.08.2020
36927
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 3 ballik zilzila kuzatildi

5 avgust, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:18da Tojikiston hududida kuchli zilzila yuz berdi. O‘zbekiston poytaxtida 3 ballik yer osti silkinishi sezilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari:  40,2 gradus shimoliy kenglik; 70,84 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 181 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda – 5, chuqurlik – 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida qayd etilgan:

  • Toshkent: 181 km, 3 ball.
  • Namangan: 113 km, 4 ball.
  • Andijon: 143 km, 3 ball.
  • Farg‘ona: 83 km, 4 ball.
  • Guliston: 177 km, 3 ball.
  • Jizzax: 255 km, 3 ball.
  • Samarqand : 336 km, 2 ball.
  • Termiz: 453 km, 2 ball.
  • Qarshi: 458 km, 2 ball.
  • Navoiy: 464 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Afg‘onistonda, 16 iyul kuni Tojikistonda yuz bergan 4,7 va 4,2 balli zilzilalar kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid