Jahon | 16:33 / 06.12.2018
17738
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining umumiy orbital guruhini yaratish taklifi bilan chiqdi

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati davlat rahbarlarining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvida Rossiya prezidenti yagona orbital sun'iy yo‘ldosh guruhini yaratish taklifi bilan chiqdi. Tadbir «Rossiya 24» telekanali tomonidan translyatsiya qilinmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kosmik xizmatlarni taqdim etish sohasida hamkorlik (jumladan, orbital apparatlar umumiy guruhini tashkil etish va uchinchi mamlakatlar bozorlari uchun geoaxborot servislarini ilgari surish) istiqbolli sanaladi.

«Shuningdek, ilmiy-texnikaviy rivojlanish bo‘yicha qo‘shma dasturni qabul qilish haqida o‘ylab ko‘rish mumkin», - degan Vladimir Putin uchrashuv qatnashchilariga.

Rossiya davlati rahbarining xabar berishicha, 2019 yilda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati byudjyeti (joriy sammitda ma'qullanishi kerak) yirik, raqamli loyihalarni amalga oshirish uchun jiddiy mablag‘larni nazarda tutadi.

Mavzuga oid