Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri gubernatori Aleksandr Beglov Petrograd rayonidagi uyning yettinçi qavatidan tuşib ketgan bolani qutqarib qolgan özbekistonlik Xayrullo Ibodullayevni taqdirladi. Bu haqda şahar ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Gubernator Ibodullayevga bolani qutqariş çoğida körsatgan jasorat va fidoyiligi uçun «Qutqarişdagi jasorat uçun» kökrak nişonini topşirgan. Unga esdalik soati ham sovğa qilingan.

«Bu işingiz uçun minnatdorçilik bildiraman – bu çinakam mardonalik. Siz özingiz haqingizda öylamadingiz. Özingiz jarohat oldingiz, ammo yetti yoşli bolaning hayotini saqlab qoldingiz. Butun şahrimiz sizga katta rahmat aytadi. Bunday ezgulik heç qaçon unutilmaydi. Oilangiz siz bilan faxrlanişi mumkin», – degan gubernator marosimda.

Beglov Ibodullayev bilan uçraşuvi haqida özining telegram-kanalida ham post qoldirgan.

«Qahramonlar turliça böladi. Ba’zan ular qutqaruvçilar formasida, şifokorlar xalatida, ba’zan – işçilar maxsus kiyimida. Bugun Xayrullo Ibodullayev bilan uçraşdim. Uning jasorati haqida butun şahar biladi. U iş vaqtida öz hayotini xavf ostiga qöyib, derazadan qulagan 7 yoşli bolani uşlab qolgan. Özi jarohat oldi, ammo bolani qöyib yubormadi. Xayrullo klining kompaniyasida işlaydi, özi – tört farzandning otasi. Unga befarq bölmagani, yordamga tayyorligi va insoniyligi uçun „Qutqarişdagi jasorat uçun“ kökrak nişonini topşirdim», – deb yozdi u.

Kanalda taqdirlaş marosimidan olingan suratlar e’lon qilingan.

Eslatib ötamiz, 22 fevral kuni Rossiyadagi telegram-kanallarda pastda turgan işçi yettinçi qavatdan tuşib ketgan bolani tutib qolgani aks etgan videolar keng tarqalgandi. Bu vaqtda bolaning onasi boşqa xonada bölgan, derazalarga esa maxsus himoya moslamalari örnatilmagan.

Keyinroq bolani qutqarib qolgan şaxs özbekistonlik Xayrullo Ibodullayev ekani ma’lum böldi.

23 fevral kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uni «Jasorat» medali bilan taqdirladi. Şuningdek, u rossiyalik propagandaçi Tigran Keosayan nomidagi bir million rubllik mukofotga sazovor bölgan.

Migratsiya agentligi esa unga öziga qulay paytda Özbekistonga parvoz qiliş uçun sertifikat sovğa qilgan.

Rossiya Davlat dumasi deputati Nikolay Noviçkov Xayrullo Ibodullayevning qahramonligi mukofot va hurmatga loyiqligini bildirib, agar istasa unga Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda beriş kerakligini aytgani xabar qilingan.